INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA DARAJALANISH MA’NOSINI IFODALOVCHI OPPOZITIV BIRLIKLAR TADQIQI
Keywords:
darajalanish, oppozitiv birliklar, graduonimiya, antonimiya, semantik shkala, qiyosiy tahlilAbstract
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida darajalanish ma’nosini ifodalovchi oppozitiv birliklarning leksik-semantik va grammatik xususiyatlari qiyosiy o‘rganilgan. Gradatsiyalanuvchi hamda komplementar oppozitsiyalar o‘rtasidagi farqlar, qarama-qarshi qutblar orasidagi oraliq birliklarning o‘rni va kontekstual me’yorning ahamiyati tahlil qilingan. Ingliz tilidagi -er/-est, more/most, less/least shakllari hamda daraja modifikatorlari o‘zbek tilidagi -roq, eng, juda, nihoyatda, sal, biroz kabi vositalar bilan qiyoslangan. Tahlil natijasida har ikki tilda darajalanish umumiy semantik shkala asosida shakllanishi, biroq uning grammatik va leksik ifoda usullari turlicha ekanligi aniqlangan
Downloads
Published
2026-09-21
Issue
Section
Articles