ZULFIYA QUROLBOY QIZI ASARLARI TILINING O‘ZIGA XOSLIGI

Authors

  • Umida Xushvaqtova Author

Keywords:

lingvopoetika, badiiy nutq, badiiy tasvir va ifoda vositalari, yozuvchi mahorati

Abstract

Adabiyotda eng mushkul vazifa – shoir yoki adibning o‘ziga xos yo‘l topa olishi, til va uslubi jihatdan ham, so‘z tanlash mahorati bilan ham boshqalardan ajralib turishidadir. Globallashayotgan jamiyatda odamlar orasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish, konfliktlarni kuchaytirishga e’tibor kuchaymoqda. Badiiy asarda yozuvchining dunyoqarashi, estetik ideali asarning butun mazmunida, ya’ni syujetidan boshlab, konfliktida, xarakterlar tizimida, obrazlarida badiiy topilmalarida to‘liq namoyon bo‘ladi. Adib insonlarni, ularning o‘zaro munosabatlari, kurashlari va ziddiyatlarini badiiy tahlil qilish orqali ular yashagan zamonning ruhini, mohiyatini ochadi.  O‘ziga xos ifoda yo‘siniga ega bo‘lgan ma’lum bir yozuvchining tili va uslubini tahlil qilish o‘zbek adabiy tilining rivojlanish dinamikasini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Keyingi yillarda antropotsentrik paradigma negizida lingvopoetik tahlil imkoniyatlari ham kengayib, integral qamrovli tadqiqotlar tamoyillarini o‘zlashtira boshladi.  Binobarin, badiiy diskursda fikrni lo‘nda va ixcham tarzda ifodalab, ekspressiv ta’sirchanlikni ta’minlovchi lingvopoetik vosita sifatida o‘zbek mentalitetiga xos muloqot  qatlamdorligini namoyon qiladi. Muallif o‘z asarlarida frazeologizmlarning so‘zlashuv uslubida faol qo‘llanish xususiyatiga tayangan holda  insonning individual xarakteri, ruhiy holati va o‘zaro munosabatlardagi tig‘izlikni tasvirlovchi o‘rinlarda ko‘plab iboralarni qo‘llaydi. Mazkur maqolada Zulfiya Qurolboy qizi asarlarining til xususiyatlari, adibaning so‘z qo‘llashdagi o‘ziga xos usullari, asar jozibadorligini ta’minlovchi unsurlardan foydalanish  mahorati haqida fikr yuritiladi

Downloads

Published

2026-07-09