“HUDUD UL-OLAM” ASARIDAGI ONOMASTIK BIRLIKLARNING LINGVISTIK VA TARIXIY AHAMIYATI
Ключевые слова:
Hudud ul-olam, onomastika, toponim, etnonim, gidronim, lingvistik tahlil, tarixiy manbaАннотация
Mazkur maqolada IX–X asrlar geografik-adabiy yodgorligi hisoblangan “Hudud ul-olam” asaridagi onomastik birliklarning lingvistik va tarixiy ahamiyati tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida asarda uchraydigan toponimlar, etnonimlar, gidronimlar va boshqa nom birliklari tahlil qilinib, ularning tilshunoslik hamda tarix fanlari uchun muhim manba ekanligi yoritiladi. Maqolada onomastik birliklarning semantik xususiyatlari, etimologik manbalari va qo‘llanish o‘rinlari o‘rganilib, ular orqali o‘rta asrlar davridagi siyosiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlar haqida qimmatli ma’lumotlar olish mumkinligi asoslab beriladi. Shuningdek, asarda qayd etilgan geografik nomlarning tarixiy taraqqiyoti, ayrim nomlarning zamonaviy shakllari bilan bog‘liqligi ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari “Hudud ul-olam” asari nafaqat geografik manba, balki turkiy va sharq xalqlarining tarixiy onomastikasini o‘rganishda muhim lingvistik yodgorlik ekanligini ko‘rsatadi. Asardagi onomastik birliklar tarixiy geografiya, etnolingvistika va manbashunoslik tadqiqotlari uchun muhim ilmiy manba sifatida baholanadi