MADANIY UNIVERSALLASHUV VA SHAXSNING IJTIMOIYLASHUVI

Authors

  • Doniyor Ibragimov Author

Keywords:

Madaniy universallashuv, ijtimoiylashuv, axborotlashgan jamiyat, global madaniyat, raqamli kommunikatsiya

Abstract

Ushbu maqolada axborotlashgan jamiyat sharoitida madaniy universallashuv jarayonlari va shaxsning ijtimoiylashuvi o‘zaro bog‘liqlikda falsafiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Global axborot makonining kengayishi, madaniy aloqalarning jadallashuvi, raqamli kommunikatsiyaning universallashuvi natijasida yuzaga kelayotgan ijtimoiy-madaniy dinamikalar yoritiladi. Shaxsning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish jarayonida global madaniy oqimlar, virtual muloqot tarmoqlari, transmilliy g‘oyalar va zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalarining ta’siri falsafiy nuqtai nazardan baholanadi. Tadqiqot natijalari shaxsning ijtimoiylashuvi tobora murakkablashayotgan, milliy va global madaniyatlar kesishgan axborotlashgan jamiyatda madaniy universallashuvning yangi sifat bosqichini shakllantirayotganini ko‘rsatadi

Downloads

Published

2026-01-17