ATOYI G‘AZALIDA OSHIQ OBRAZI TALQINI

Authors

  • S Tohirov Author
  • Sevinch Azamatova Author

Keywords:

lirik qahramon, ma’naviy kamolot, sadoqat, sabr-toqat, fidoyilik, kechirimlilik

Abstract

Ushbu maqolada Atoyining “Bo‘lsun sanga” radifli g‘azali asosida oshiq obrazi badiiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda lirik qahramonning sadoqati, sabr-toqati, kechirimliligi va fidoyiligi aniq baytlar misolida yoritiladi. Shuningdek, oshiq obrazining ma’naviy kamolotga erishish jarayoni, uning ishq yo‘lida o‘zligini unutishi va yuksak axloqiy fazilatlarni namoyon etishi ilmiy asosda ochib beriladi. Tahlil jarayonida oshiqning nafaqat ma’shuqqa, balki raqibga nisbatan ham bag‘rikeng munosabati uning komil inson darajasiga ko‘tarilganini ko‘rsatishi ta’kidlanadi. Natijada, Atoyi lirikasida oshiq obrazi insonni ma’naviy poklanish va ruhiy yuksalishga yetaklovchi badiiy timsol sifatida talqin etilishi xulosa qilinadi

Downloads

Published

2026-04-03