YAPON AFSONALARI VA QADIMGI EPIK MATNLARINING ADABIYOTGA TA’SIRI
##semicolon##
yapon afsonalari##common.commaListSeparator## epik matnlar##common.commaListSeparator## Kojiki##common.commaListSeparator## Nihon Shoki##common.commaListSeparator## Man’yoshu##common.commaListSeparator## monogatariAbstrak
Ushbu maqolada yapon adabiyotining shakllanishi va rivojlanishida afsonalar, qadimgi epik matnlar hamda mifologik tasavvurlarning o‘rni keng yoritiladi. Kojiki “古事記” Nihon Shok”日本書紀”, Man’yoshu”万葉集” kabi manbalarda aks etgan mifologik motivlar, ilohiy obrazlar, tabiat va inson o‘rtasidagi muvozanat haqidagi qarashlarning keyingi davr adabiyot janrlariga — monogatari, waka, haiku, setsuwa, zamonaviy nasr va poeziyaga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, afsonaviy syujetlarning “Genji Monogatari”, “Heike Monogatari” kabi adabiy yodgorliklarda qayta talqin qilinishi, zamonaviy yozuvchilar — Murakami Haruki, Abe Kobo, Kawabata Yasunari ijodida mifologik dunyoqarashning estetik funksiyalari ko‘rib chiqiladi. Yapon afsonaviy merosining anime, manga va boshqa pop-madaniyat turlaridagi zamonaviy talqinlari ham ilmiy jihatdan tahlil qilinadi