XORIJIY TIL O’QITUVCHILARINING PROFESSIONAL-KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING METOD VA USULLARI
##semicolon##
xorijiy til o‘qituvchisi##common.commaListSeparator## professional-kommunikativ kompetentlik##common.commaListSeparator## ta’lim metodlari##common.commaListSeparator## zamonaviy pedagogik texnologiyalarAnnotatsiya
Mazkur maqolada xorijiy til o‘qituvchilarining professional-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishda qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim metod va usullarining nazariy hamda amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Unda bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy muloqot malakalarini shakllantirish jarayonida an’anaviy va noan’anaviy (interaktiv) metodlarning o‘rni, ularning tasnifi va samaradorligi yoritib beriladi. Tadqiqot davomida pedagogika fanida e’tirof etilgan ta’lim metodlari tasnifi, xususan, transmissiv, transaktiv va transformativ yondashuvlar tahlil qilinib, ularning professional-kommunikativ malakalarni rivojlantirishdagi imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, xorijiy pedagogik tajribaga asoslangan holda “Suggestopedia”, “Jigsaw reading”, “Socratic seminar”, “Philosophical chair” kabi zamonaviy interaktiv metodlarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati asoslab beriladi. Maqola xorijiy til o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida interfaol ta’limni samarali tashkil etish, talabalar faolligi va mustaqil fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodlarni tanlash bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi