MARKAZIY OSIYO MINTAQASIDA PROSTATA BEZI XAVFSIZ GIPERPLAZIYASI BO‘LGAN ERKAKLARDA TRANSURETRAL REZEKTSIYANING JINSIY FUNKTSIYAGA TA’SIRI TAHLILI
Keywords:
prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi, transuretral rezektsiya, erektil disfunktsiya, eyakulyator buzilishlarAbstract
Ushbu prospektiv kuzatuv tadqiqotining maqsadi prostataning transuretral rezektsiyasi (TURP) ning prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi (PBXG) bo‘lgan bemorlarda erektil va eyakulyator funktsiyalar holatiga ta‘sirini kompleks baholashdan iborat edi. Tadqiqotga 2022–2023 yillarda TURP amaliyoti o‘tkazilgan 68 nafar bemor kiritildi. Jinsiy funktsiyaning holati operatsiyadan oldin hamda operatsiyadan keyin 3 va 6 oylik davrlarda xalqaro miqyosda tan olingan IIEF-5 so‘rovnomasi va anketalash usuli yordamida baholandi. Olingan natijalar TURP ning jinsiy funktsiyaning turli komponentlariga differensial ta‘sirini aniq ko‘rsatdi: erektil funktsiya ko‘rsatkichlarining barqarorlashuvi yoki o‘rtacha darajada yaxshilanishi bilan bir vaqtda anterograd eyakulyatsiya chastotasining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Ushbu holat davolash natijalarini oldindan bashorat qilish va individual klinik qarorlar qabul qilish uchun muhim ahamiyatga ega