JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETI VA IQTISODIYOT

Authors

  • Gulchehra Otamurodova Author

Keywords:

zamonaviy jihozlar, til kurslari, kursantlar

Abstract

Jamoat Xavfsizligi Universiteti qanday oʻquv maskani va u oʻzi qachon tashkil topdi? Bu universitetga 1990-yil 15- oktyabrda asos solingan boʻlib, 1990-2017- yillarda Toshkent oliy harbiy texnik bilim yurti, 2017-2021-yillarda Milliy gvardiya harbiy texnika instituti va keyingi yillarda u universitet maqomini oldi. Oʻrta Osiyoda yagona boʻlgan universitet Vatanga ham harbiy xizmatchilarni, ham kuchli kadrlarni tayyorlab beradi. Aslida yagona deyilishining ham asl sababi shundadir. Universitetda aytganimdek, harbiy xizmatchilar bilan birgalikda Iqtisodiyot, Psixologiya, va Yuridik yoʻnalishlarida ikki xil usulda ( kechki va kunduzgi) ta'lim beriladi. Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi, oʻzbek huquqshunosi, yuridik fanlar doktori va professor - Mirzayusuf Hakimovich Rustamboyev. Mirzayusuf Rustamboyev oʻz talabalaridan faqat kuchli bilim olishlarini va kitoblarga katta qiziqishda boʻlishlarini talab qiladi. Bu universitetda kursantlar va talabalar uchun koʻplab imkoniyatlar yaratilgan boʻlib, universitetga kirishdayoq kuchli tartib-intizomni his etish mumkin. KPP xodimlari kirish joyida barcha aloqa vositalarini olib saqlab qoʻyishadi va chiqishdagina beriladi. Ikki bosqichli tekshiruvdan soʻng universitet hovlisiga kirish tasdiqlanadi

Downloads

Published

2026-01-29