“ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA PEYZAJNING BADIIY-ESTETIK VA POETIK FUNKSIYASI”

Mualliflar

  • Baxtigul Usmonova ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Hikoya##common.commaListSeparator## peyzaj##common.commaListSeparator## tabiat tasviri##common.commaListSeparator## badiiy detal##common.commaListSeparator## psixologizm##common.commaListSeparator## ramziylik##common.commaListSeparator## kompozitsiya

Abstrak

Mazkur maqolada XX asr o‘zbek hikoyachiligining yirik vakili Abdulla Qahhor hikoyalarida peyzaj tasvirining badiiy-estetik va poetik funksiyalari tadqiq etiladi. Yozuvchi ijodida tabiat manzarasi ko‘pincha mustaqil tasvir obyekti sifatida emas, balki qahramon ruhiyati, voqea rivoji, muhit va muallif g‘oyasini ifodalovchi ixcham badiiy vosita sifatida namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi. Maqolada “Dahshat”, “Karavot”, “Mayiz yemagan xotin” kabi hikoyalardagi peyzaj unsurlari qiyosiy-poetik jihatdan ko‘rib chiqiladi  va ruhiyat munosabati asosida peyzajning psixologik, ramziy, kompozitsion va kontrast funksiyalari ochib beriladi. Tahlil natijasida Qahhor peyzajining asosiy xususiyati uning ixchamligi, semantik zichligi va inson ruhiyati bilan uzviy bog‘langanligida ekanligi asoslanadi

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-10-11