PERSONAJLAR RUHIY HOLATINING LINGVOKOGNITIV TADQIQI (Zulfiya Qurolboy qizining “Mashaqqatlar girdobi” romani misolida)
##semicolon##
lingvopoetika##common.commaListSeparator## sotsiopragmatika##common.commaListSeparator## antropotsentrik paradigma##common.commaListSeparator## lingvokognitiv xususiyatlarAbstrak
Badiiy asarda til yozuvchining o‘quvchiga faqat g‘oyaviy emas, balki estetik ta’sir etish istagi bilan maxsus qo‘shimcha vazifalarni bajarib, favqulodda qudratga, ta’sir kuchiga ega bo‘ladi. Demak, qo‘shimcha vazifa hozirda lingvopoetikaning o‘rganish ob’ekti bo‘lgan tilning estetik vazifasidir. Tilning estetik vazifasi haqida gap ketganda, bu masala adabiyotshunoslik va tilshunoslik o‘rtasidagi bahslarga sabab bo‘lib kelgan. O‘tgan asr boshlarida bir guruh tilshunos va adabiyotshunos olimlar bu masalani ilmiy asosda o‘rganadigan alohida fan turi shakllanishi kerakligi haqidagi mulohazalarni ilgari surganlar. Albatta, badiiy nutqni tahlil qilish uchun, tegishli tajriba va zarur vositalarga faqatgina tilshunoslar ega bo‘lgani uchun, uni faqat tilshunoslar o‘rganish lozimligi haqidagi bir yoqlama fikrni ham o‘rtaga tashlaganlar. Lekin, badiiy matnni uning estetik o‘ziga xosliklari jihatidan ham tahlil etilmasa, lingvistik tahlilning o‘zi yetarli emas. Bu o‘rinda badiiy matnning filologik, ya’ni lingvopoetik tahlili muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada badiiy diskursning lingvopoetik tahlili doirasi antropotsentrik tamoyillar asosida kengayib, til birliklarining lingvokognitiv xususiyatlarini qamrab olishi va bunda fanlararo integrativ yondashuvlarning imkoniyati kengligi xususida fikr yuritiladi. Maqoladagi faktik materiallar Zulfiya Qurolboy qizining “Mashaqqatlar girdobi” romanidan olingan