ISPAN VA OʻZBEK TOPONIMLARINING LINGVOMADANIY MOTIVATSIYASI: QIYOSIY TAHLIL
##semicolon##
toponim##common.commaListSeparator## toponimiya##common.commaListSeparator## lingvomadaniy motivatsiya##common.commaListSeparator## onomastikaAbstrak
Mazkur maqolada ispan va oʻzbek toponimlarining lingvomadaniy motivatsiyasi qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda joy nomlarining shakllanishiga taʼsir koʻrsatgan tabiiy-geografik, tarixiy, etnik va madaniy omillar yoritilib, ularning xalqning dunyoqarashi hamda tarixiy xotirasi bilan uzviy bogʻliqligi ochib beriladi. Shuningdek, toponimlarning nomlanishida tabiiy muhit, suv obyektlari, relyef, rang komponentlari va tarixiy-madaniy omillarning oʻrni ispan va oʻzbek materiallari asosida qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari har ikki xalq toponimik tizimida umumiy lingvomadaniy qonuniyatlar bilan bir qatorda, milliy-madaniy tafakkur va tarixiy taraqqiyotga xos oʻziga xos xususiyatlar ham mavjudligini koʻrsatadi. Maqola natijalari qiyosiy tilshunoslik, onomastika va lingvokulturologiya yoʻnalishidagi tadqiqotlarni boyitishga hamda ispan va oʻzbek toponimiyasini chuqurroq oʻrganishga xizmat qiladi