KASBIY MASLAHAT OYLIKLARINI O‘TKAZISHDA MAKTAB PSIXOLOGI FAOLIYATINING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

Mualliflar

  • MUNISAXON TULYAGANOVA ##default.groups.name.author##

##semicolon##

kasbiy maslahat oyligi##common.commaListSeparator## maktab psixologi##common.commaListSeparator## kasbga yo‘naltirish

Abstrak

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkaziladigan "Kasbiy maslahat oyligi" davomida maktab psixologi tomonidan amalga oshiriladigan tizimli ishlar va metodik yondashuvlar tahlil qilingan. Oylik doirasida bitiruvchi sinf o‘quvchilarining qobiliyatlari va kasbiy moyilliklarini aniqlashga qaratilgan diagnostik tadbirlarning o‘rni va ahamiyati atroflicha yoritib berilgan. Psixologning ota-onalar va fan o‘qituvchilari bilan hamkorlikdagi faoliyati o‘quvchilarning to‘g‘ri qaror qabul qilishlarida asosiy omil sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot jarayonida kasbiy maslahat berishning zamonaviy metodlari va interaktiv treninglarning o‘quvchilar motivatsiyasiga ta’siri amaliy misollar bilan isbotlangan. Maqola yakunida oylik tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va bitiruvchilarni zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlash bo‘yicha muhim metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-05-24