KURSANTLARNING UMUMIY JISMONIY TAYYORGARLIGIDA YUGURISHNING TUTGAN O‘RNI
##semicolon##
Kursant uchun yugurish xuddi yurish kabi hayotiy zarur.O‘zining tarixiy rivojlanishi davrida odam yashash uchun kurashish uchun yugurishdan keng qo‘llanilgan va uning organizmi bunday harakatlanish usuliga yaxshi moslashdiAbstrak
Yugurish- kursantning tabiiy harakatlanish usuli hisoblanib, bir xil harakat sikli qaytariladi, ya’ni tana bir oyoq bilan yerga qo‘nadi va havoda uchadi. Tanani uchish holatiga o‘tishi depsinuvchi oyoqni yerdan uzilishi va oldinga chiqarilgan bo‘sh oyoqni yerga qo‘nishigacha davom etadi.Yugurish harakatlarining o‘zgacha strukturasi harakatlanish tezligini oshirgani sababli yurishdan farq qiladi. Yurish davomida bir oyoq yoki ikkala oyoq ham tayanch holatda bo‘ladi. Maksimal qadamlar soni bir daqiqada 180-200tani, uzunligi esa 110-130smni tashkil etadi. Shu sharoitda harakatlanish ham qiyin kechib, qadamlar sur’atini yanada oshirish yurishdan yugurishga olib keladi.Butun tana mushaklari, ayniqsa oyoq mushaklari uchish fazasi vaqtida bo‘shashishi va dam olishi natijasida qadamlar chastotasini bir daqiqada 300 tagacha, uzunligi 250smgacha va undan ham uzun bo‘ladi