KONSULTATIV PSIXOLOGIYADA SHAXS TIPALOGIYASINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ключевые слова:
konsultativ psixologiya, shaxs tipologiyasi, temperamentАннотация
Ushbu tezisda konsultativ psixologiyada shaxs tipologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, uning nazariy asoslari hamda psixologik maslahat jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shaxs tipologiyasi insonlarning individual-psixologik xususiyatlarini, xarakteri, temperamenti, motivatsiyasi va xulq-atvoridagi farqlarni aniqlashga xizmat qiladi. Konsultativ psixologiyada mijozning shaxs tipini to‘g‘ri baholash psixologik muammolarni aniqlash, samarali maslahat strategiyalarini ishlab chiqish va individual yondashuvni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Tezisda K.G. Yung, G. Ayzenk, E. Krechmer hamda boshqa olimlarning shaxs tipologiyasiga oid ilmiy qarashlari yoritilgan. Shuningdek, introvert va ekstrovert shaxslar, emotsional barqaror va beqaror tiplarning konsultativ jarayondagi xulqiy namoyon bo‘lishi tahlil qilingan