TABIIY SHAKAR O’RNINI BOSUVCHILARNING UGLEVOD ALMASHINUVIGA TA’SIRINI BAHOLASH VA ULARNING OPTIMAL DOZALARINI ANIQLASH

Авторы

  • Xoliq Sharipov Автор
  • Azizbek Tursunov Автор
  • Sanjar Xabibullayev Автор

Ключевые слова:

Hozirgi vaqtga qadar uglevod almashinuvining buzilishi bilan bog‘liq kasalliklar, xususan, ikkinchi turdagi qandli diabet bilan kasallanish holatlarining ortib borishi ratsional ovqatlanish masalalariga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi. Ratsionda shakar iste’molining oshishi qonda glyukoza miqdorining ko‘tarilishiga, insulin sekretsiyasining kuchayishiga, natijada metabolik muvozanatning buzilishiga olib kelishi ilmiy tadqiqotlar orqali isbotlangan

Аннотация

Shakar o‘rnini bosuvchi moddalar jahon bozorida yildan-yilga o‘sib bormoqda; 2024-yilda bozor hajmi taxminan 12,5 milliard AQSh dollari, 2034-yilgacha esa 22,8 milliard dollargacha yetishi prognoz qilinmoqda. Ularning keng qo‘llanilishi sog‘lom ovqatlanish va diabet profilaktikasi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, uzoq muddatli metabolik ta’siri to‘liq o‘rganilmagan. Ilmiy adabiyotlarda qarama-qarshi fikrlar mavjud: ayrim tadqiqotlarda ularning xavfsizligi ta’kidlangan bo‘lsa, boshqalarida hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalarda tana vaznining ortishi, uglevod almashinuvining buzilishi, yurak-qon tomir kasalliklari kabi noxush natijalar qayd etilgan. Shu bilan birga, individual sezuvchanlik ham turli noxush holatlarning rivojlanishida muhim omil hisoblanadi

Опубликован

2026-04-02