BIATLONCHILARNING MASHG‘ULOT JARAYONIDA O‘Q OTISH TEXNIK-TAKTIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
biatlon, dunyo tillari, taktik tayyorgarlik, mashg‘ulot jarayoni, nafasni boshqarishAbstract
Mazkur ilmiy maqolada biatlonchilarning mashg‘ulot jarayonida o‘q otish texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirish masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilindi. Biatlon sport turida yuqori natijalarga erishish nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki psixologik barqarorlik, nafasni boshqarish, yurak urish chastotasini me’yorlashtirish hamda o‘q otish aniqligini ta’minlash bilan chambarchas bog‘liqdir. Tadqiqot davomida o‘q otish texnikasining asosiy elementlari (barqaror holatni egallash, qurolni ushlash, mo‘ljalga olish, nafasni boshqarish, tepkini bosish texnikasi) hamda taktik yondashuvlar (tezkor qaror qabul qilish, zarbalar oralig‘ini rejalashtirish, musobaqa sharoitiga moslashish) o‘rganildi. Maqolada mashg‘ulot jarayonida maxsus mashqlar tizimi ishlab chiqildi va ularning samaradorligi tajriba-sinov ishlari orqali asoslandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kompleks yondashuv asosida tashkil etilgan texnik-taktik mashg‘ulotlar o‘q otish aniqligini 12–18% ga, zarba berish tezligini 8–10% ga oshiradi hamda jarima aylanishlari sonini kamaytiradi. Tadqiqot natijalari sport maktablari, oliy ta’lim muassasalari va terma jamoalar murabbiylari uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega