ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA BANKLAR: TURLARI VA STRATEGIK VAZIFALARI
Keywords:
Markaziy bank, bank tizimi, zamonaviy iqtisodiyot, tijorat banklari, ixtisoslashgan banklar, islomiy banklarAbstract
Moliya tizimining muhim bo‘g‘ini hisoblangan banklar zamonaviy iqtisodiyotning barqaror faoliyat yuritishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada banklarning zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni, ularning asosiy turlari hamda strategik vazifalari yoritib berilgan. Tadqiqot jarayonida bank tizimining tarkibi, Markaziy bank va tijorat banklarining funksiyalari, shuningdek ixtisoslashgan va islomiy banklarning moliya bozoridagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, banklarning iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, investitsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy barqarorlikni saqlash va moliyaviy inklyuziyani oshirishdagi strategik vazifalariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida bank faoliyatining transformatsiyasi, fintech texnologiyalarining ta’siri hamda banklar oldida turgan asosiy muammo va xatarlar ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari bank tizimini yanada rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi