MEDIATA’LIM: AXBOROT JAMIYATIDA TANQIDIY FIKRLASH VA SAVODXONLIK

Authors

  • A Mavlonov Author

Keywords:

Mediata’lim (media savodxonligi), ommaviy axborot vositalari, raqamli texnologiyalar, axborot jamiyati

Abstract

Matnda XX–XXI asrlarda mediata’limning rivojlanishi, uning pedagogik ahamiyati va zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Mediata’lim shaxsni axborot muhitida tanqidiy va mas’uliyatli faoliyatga tayyorlashga qaratilgan pedagogik yo‘nalish sifatida paydo bo‘lganligi, uning estetik, tanqidiy va amaliy bosqichlari hamda global miqyosdagi dolzarbligi ko‘rsatiladi. Shuningdek, matnda Jeyms Potter, Devid Buckingham, Renee Hobbs, Sonia Livingstone va Paul Mihailidis kabi xorijiy olimlarning mediata’lim nazariyasi va amaliyotiga qo‘shgan hissalari, ularning tanqidiy fikrlash, media kontent yaratish, bolalar xavfsizligi va fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirishga oid yondashuvlari bayon etilgan. Mediata’lim zamonaviy ta’lim tizimining integrativ qismi bo‘lib, shaxsni axborot bilan ishlash madaniyati, innovatsion metodlar va madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalari bilan ta’minlaydi

Downloads

Published

2026-07-18