BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA DARSLARNI INTEGRATSIYALASH JARAYONINING O‘QITUVCHI FAOLIYATINI LOYIHALASHTIRISHNING HOZIRGI HOLATI
Keywords:
bo‘lajak pedagog, o‘qituvchi faoliyatini loyihalashtirish, integratsiyalashgan ta’lim, fanlararo integratsiyaAbstract
Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarda darslarni integratsiyalash jarayonida o‘qituvchi faoliyatini loyihalashtirishning hozirgi holati tahlil qilingan. Pedagogik loyihalashtirishning nazariy-metodologik asoslari, integratsiyalashgan ta’limning mazmuni, kompetensiyaviy yondashuv, pedagogik dizayn hamda fanlararo integratsiyaning ahamiyati yoritilgan. Oliy pedagogik ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligida uchrayotgan muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etishga qaratilgan diagnostik, maqsadli, mazmuniy, texnologik, tashkiliy, baholash va refleksiv bosqichlardan iborat metodik model tavsiya etilgan. Shuningdek, STEAM yondashuvi, raqamli pedagogika, sun’iy intellekt vositalari va zamonaviy interfaol metodlar asosida integratsiyalashgan darslarni loyihalashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish hamda boshlang‘ich ta’limda integratsiyalashgan ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi