KATTA AVLOD TAJRIBASIDAN FOYDALANIB O‘QUVCHILARGA TA’LIM-TARBIYA BERISHNING FUNKSIONAL MODELI

Authors

  • Nilufarxon Niyozova Author

Keywords:

Katta avlod, ta’lim-tarbiya, funksional model, tarbiya, madaniy meros, ijtimoiy faollik

Abstract

Maqolada katta avlodning hayotiy tajribasidan foydalanib o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning funksional modeli tadqiq etilgan. Model axborotlashgan jamiyatda o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyasini, mustaqil faoliyatini tashkil etishda katta avlodning pedagogik va ijtimoiy rolini oshirishga qaratilgan. Tadqiqotda darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar, uch avlod uchrashuvlari, xalq amaliy san’ati muzeylariga tashriflar, ota-onalar bilan hamkorlikdagi faoliyat, mavsumiy xalq bayramlaridan foydalanish mexanizmlari va gerontopedagogika yondashuvlari tahlil qilingan. Shuningdek, o‘quvchilarda tarbiyaviy, ta’limiy, gnostik va ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirishda katta avlod tajribasining roli, metodologik yondashuv va zamonaviy pedagogik texnologiyalar ko‘rib chiqilgan

Downloads

Published

2026-04-15