O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA QARINDOSHLIK TERMINLARINING QIYOSIY TAHLILI

Authors

  • Muqimjon Axunov Author
  • Odina Ikromova Author

Keywords:

qarindoshlik terminlari, qiyosiy tahlil, komponent tahlil, lacuna

Abstract

Qarindoshlik terminlari har bir tilning eng qadimiy va barqaror leksik qatlamlaridan biri bo'lib, jamiyatning ijtimoiy tuzilishini, oila haqidagi tasavvurlarini va qadriyatlarini aks ettiradi. Bu mavzuga qiziqish L. Morganning qarindoshlik tizimlari tasnifidan boshlangan. Keyinchalik G. Murdok bu tizimlarni keng qiyosiy material asosida o'rgandi. Tilshunoslikda esa V. Gudinaf va F. Launsberi qarindoshlik semantikasini komponent tahlil asosida tavsiflash usulini ishlab chiqdi. Bugun bu masala qiyosiy-chog'ishtirma tilshunoslikda, ayniqsa madaniyatlararo muloqot va chet tili o'qitish nuqtai nazaridan dolzarb bo'lib qolmoqda

Downloads

Published

2026-10-11