INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI SAMARALI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY INTERFAOL METODLAR
Keywords:
integratsiyalashgan dars, interfaol metodlar, vizual modellar, kompetensiyaviy yondashuvAbstract
Maqolada integratsiyalashgan darslarni samarali loyihalashtirish va tashkil etishda zamonaviy interfaol metodlar hamda vizual modellarni qo‘llashning didaktik ahamiyati yoritilgan. Integratsiyalashgan ta’lim jarayonida “Aqliy hujum”, “INSERT”, “BBB”, “Keys-stadi”, loyiha metodi, “Debat”, “Fishbone”, “SCAMPER”, “Olti shlyapa”, “Jigsaw” va STEAM topshiriqlaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, diagrammalar, blok-sxemalar, infografikalar, vaqt chiziqlari, algoritmik modellar va konseptual sxemalarning fanlararo bog‘lanishlarni ochib berish, tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirish hamda kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari interfaol metodlar va vizual modellarni uyg‘un qo‘llash integratsiyalashgan darslar samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, hamkorlikda ishlashi va amaliy muammolarni hal etish kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi