TA'LIM JARAYONIDA TARBIYALANUVCHILARNI IJTIMOIY FAOLIKKA YO'NALTIRISH METODIKASINING EVOLUTSIYASI VA TARBIYAVIY SAMARADORLIGI TAHLILI
##semicolon##
ijtimoiy faollik##common.commaListSeparator## metodika evolyutsiyasi##common.commaListSeparator## tarbiyaviy samaradorlik##common.commaListSeparator## kompetensiyaviy yondashuvAbstrak
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy faollikka yo‘naltirish metodikasining tarixiy rivojlanish bosqichlari (evolyutsiyasi) va zamonaviy pedagogikadagi samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda an’anaviy avtoritar ta’limdan shaxsga yo‘naltirilgan demokratik ta’lim modellariga o‘tish jarayoni retrospektiv o‘rganilgan. Ijtimoiy faollikni shakllantirishda loyiha asosida o‘qitish (PBL), volontyorlik va raqamli ijtimoiy tashabbuslarning o‘rni eksperimental ma’lumotlar yordamida asoslangan. Tadqiqot natijalari ijtimoiy faollikning nafaqat tarbiyaviy, balki akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ham ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Yakunda ta’lim muassasalarida ijtimoiy loyihalarni boshqarish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan