O‘ZBEK TILIDA SINTAKTIK ANALIZATOR YARATISH TAJRIBASI (QOIDAVIY MODEL ASOSIDA)
##semicolon##
o‘zbek tili##common.commaListSeparator## sintaktik analizator##common.commaListSeparator## avtomatik gap tahlili##common.commaListSeparator## qoidaviy model##common.commaListSeparator## boshqaruv munosabatiAnnotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek tilida avtomatik sintaktik tahlilni amalga oshirishga qaratilgan qoidaviy (rule-based) sintaktik analizator yaratish tajribasi yoritiladi. Tadqiqot doirasida o‘zbek tilining morfologik va sintaktik xususiyatlariga asoslangan sodda analizator modeli ishlab chiqildi hamda u tanlab olingan gaplar to‘plami asosida sinovdan o‘tkazildi. Analizatorning ishlash jarayonida kelishik ko‘rsatkichlari, so‘z turkumlari hamda boshqaruv va moslashuv munosabatlari asosiy mezon sifatida belgilandi. Olingan natijalar tahlili analizatorning ma’lum turdagi sodda gaplarda nisbatan yuqori aniqlikda ishlashini, murakkab sintaktik tuzilmalarda esa xatoliklar kuzatilishini ko‘rsatdi. Tadqiqot yakunida aniqlangan muammolar asosida sintaktik analizatorni takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ushbu ish o‘zbek tili uchun avtomatik sintaktik tahlil tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha dastlabki amaliy tajriba sifatida ahamiyatga ega