O‘PKA SARATONINI ERTA ANIQLASHDA KLINIK-LABORATOR VA INSTRUMENTAL USULLARNING DIAGNOSTIK SAMARADORLIGI

Mualliflar

  • Durdona Lutfullayeva ##default.groups.name.author##

##semicolon##

o’pka saratoni##common.commaListSeparator## erta tashxis##common.commaListSeparator## onkomarkerlar##common.commaListSeparator## MSKT##common.commaListSeparator## bronxoskopiya##common.commaListSeparator## gistologiya##common.commaListSeparator## klinik-laborator tekshiruvlar

Annotatsiya

Ushbu ilmiy ishda o‘pka saratonini erta aniqlashda zamonaviy klinik-laborator, instrumental va gistologik tekshiruvlar samaradorligi 30 nafar bemor misolida o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida bemorlarning umumiy klinik holati baholandi, umumiy qon tahlili va biokimyoviy ko‘rsatkichlar tahlil qilindi, shuningdek, o‘pka saratoniga xos onkomarkerlar -CEA, CYFRA 21-1 va NSE aniqlash orqali diagnostik qiymati baholandi. Instrumental tekshiruvlar qatorida ko‘krak qafasi rentgenografiyasi va yuqori aniqlikdagi MSKT qo‘llanildi, bronxoskopiya va biopsiya yordamida morfologik tasdiqlash amalga oshirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, MSKT kichik o‘lchamli o‘smalarni aniqlashda yuqori sezuvchanlikka ega bo‘lib, bronxoskopiya markaziy o‘smalarda yuqori aniqlik ko‘rsatdi. Onkomarkerlar alohida qo‘llanilganda diagnostik ishonchlilik past bo‘lsa-da, MSKT va bronxoskopiya bilan birga qo‘llansa diagnostik aniqlik sezilarli darajada oshadi. Tadqiqot o‘pka saratonini erta aniqlashda kompleks yondashuvning muhimligini va zamonaviy laborator, instrumental va gistologik metodlarni birlashtirishning ahamiyatini asoslaydi. Bu yondashuv bemorlarni tezkor tashxis qilish va davolash strategiyasini belgilash imkonini beradi

##submission.downloads##

##submissions.published##

2026-02-03