ENDOKRIN BEZLAR VA ULARNING ISHLASH FUNKSIYALARI

Mualliflar

  • Shahlo Rajabboyeva ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Qalqonsimon bez##common.commaListSeparator## qalqon oldi bezi##common.commaListSeparator## buyrak uti bezi##common.commaListSeparator## oshqozon osti bezi orolchalari##common.commaListSeparator## jinsiy bezlarning endokrin qismi

Annotatsiya

Ushbu maqolada endokrin bezlar alohida a’zolar tizimini tashkil qilashi, ularning ishlab chiqargan suyuqligi qonga yoki limfaga o’tishi va Endokrin bezlarga gipofiz, g‘urrasimon bez, qalqonsimon bez, qalqon oldi bezi, ayrisimon, buyrak usti bezi, oshqozon osti bezining orolchalari, erkaklar va ayollar jinsiy bezlarining endokrin qismi, interrenal tizim va paragangliyalar kirishi haqida ko’rib chiqiladi.Bundan tashqari ushbu maqolada  Endokrin bezlari biologik faol modda - gormonlar ishlab chiqarishi,bu gormonlar juda oz miqdorda ham organizm faoliyatiga ma’lum bir ta’sir ko’rsatishi haqida so’z boradi. Gormonlar tanlab ta’sir qilish xususiyatiga ega bo’lib, organizmning taraqqiyotini, o‘sishini boshqarib turadi. Agar gormonlar kam yoki ko’p ishlab chiqarilsa, organizmda har xil kasalliklar kelib chiqadi. Endokrin bezlari o‘z taraqqiyoti davrida turli epiteliydan kelib chiqqani uchun ular bir necha guruhga bo’linadi. 1. Entodermadan hosil bo’lgan visseral ravoqlar epiteliyidan taraqqiy etuvchi bezlar (qalqonsimon, qalqon oldi va ayrisimon bezlar). 2. Entodermadan hosil bo’lgan, ichak nayi epiteliyidan taraqqiy etuvchi bezlar (oshqozon osti bezi orolchalari). 3. Mezodermadan taraqqiy etuvchi bezlar (buyrak usti bezining po'stloq moddasi, jinsiy bezlar va interrenal tizim). 4. Ektodermadan taraqqiy etuvchi - nerv nayining oldingi qismidan hosil bo’lgan bezlar (gipofiz va g‘urrasimon bez). 5. Ektodermadan taraqqiy etuvchi simpatik nerv tizimidan hosil bo’lgan bezlar (buyrak usti bezining m agiz moddasi va paragangliyalar)

##submission.downloads##

##submissions.published##

2026-09-08