RUS TILINI OSON O‘RGANISH VA BIRINCHI DARSDANOQ RUS TILIDA GAPIRISH

Авторы

  • Nodira Asqarova Автор

Ключевые слова:

rus tili, intensiv ta’lim, kommunikativ metod, til to‘sig‘i, muloqot ko‘nikmasi, ekspress-metodika

Аннотация

Ushbu maqolada rus tilini chet tili sifatida o‘qitishda an’anaviy grammatik-tarjima metodidan voz kechib, birinchi darsdanoq muloqotga yo‘naltirilgan (kommunikativ) va intensiv ta’lim usullarini qo‘llash imkoniyatlari yoritilgan. O‘quvchilarda til to‘sig‘ini (yazykovoy baryer) bartaraf etish, dastlabki mashg‘ulotdanoq sodda muloqot qoliplarini nutqqa kiritish va so‘z boyligini tahliliy-assotsiativ usulda oshirishning metodik mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqot jaraynida olib borilgan pedagogik tajriba-sinov natijalari muloqotga yo‘naltirilgan intensiv metodika o‘quvchilarning so‘zlashuv ko‘nikmalarini shakllantirishda va o‘quv motivatsiyasini oshirishda yuqori samaradorlikka ega ekanligini isbotladi

Опубликован

2026-10-08