XX ASR O‘ZBEK NASRIDA TARIXIY XOTIRA VA MILLIY TAFAKKUR MASALASI

Авторы

  • Dildora Aliqulova Автор

Ключевые слова:

tarixiy xotira, milliy tafakkur, tarixiy roman, milliy o‘zlik, tarixiy shaxs

Аннотация

Mazkur tezisda XX asr o‘zbek nasrida tarixiy xotira va milliy tafakkurning badiiy ifodasi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Oybekning “Navoiy”, Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” va Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanlari misolida tahlil qilinadi. Tarixiy xotiraning milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy merosni avlodlarga yetkazish hamda o‘tmish va bugun o‘rtasida badiiy-estetik bog‘lanish yaratishdagi o‘rni yoritiladi. Asarlardagi tarixiy shaxs, milliy xarakter, konflikt va psixologik tasvirning milliy tafakkurni shakllantirishdagi vazifasi qiyosiy yondashuv asosida ochib beriladi

Опубликован

2026-09-28