KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARINI KADASTR BAHOLASHNING IQTISODIY VA HUQUQIY ASOSLARI
Ключевые слова:
Ko‘chmas mulk, kadastr baholash, iqtisodiy asos, huquqiy asos, kadastr qiymatiАннотация
Mazkur maqolada ko‘chmas mulk obyektlarini kadastr baholash jarayonining iqtisodiy va huquqiy asoslari har tomonlama tahlil qilinadi. Kadastr baholash — davlat tomonidan yer uchastkalari, bino va inshootlarning qiymatini aniqlashning muhim bosqichi bo‘lib, u soliq siyosatini yuritishda, bozor munosabatlarini shakllantirishda, ko‘chmas mulk bozorida shaffoflikni ta’minlashda asosiy o‘rin tutadi. Maqolada kadastr baholashning me’yoriy-huquqiy bazasi, jumladan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonun, baholash faoliyatiga oid nizomlar va amaldagi standartlar o‘rganiladi. Shuningdek, obyektlarning kadastr qiymatini aniqlashda qo‘llaniladigan iqtisodiy yondashuvlar, baholash usullari, koeffitsiyentlar, bozor va kadastr qiymati o‘rtasidagi farqlar ilmiy asoslangan holda izohlanadi. Tadqiqot natijasida kadastr baholashning davlat boshqaruvidagi ahamiyati, aholi va tadbirkorlar uchun qulayliklar, shuningdek raqamlashtirish jarayonining samaradorlikka ta’siri yoritiladi. Maqola yakunida kadastr baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar beriladi