SUN’IY INTELLEKTNING TIBBIY KIMYO FANIDAGI AHAMIYATI VA UNI O‘QITISH METODIKASIDAGI USTUVOR O‘RNI

Authors

  • Abduhalim Saydullayev Author
  • Doniyor Nuraliyev Author

Keywords:

sun’iy intellekt, tibbiy kimyo, molekulyar modellashtirish, farmakogenomika, adaptiv ta’lim

Abstract

Ushbu tadqiqot ishida sun’iy intellektning tibbiy kimyo fanidagi ilmiy va amaliy ahamiyati hamda uni o‘qitish metodikasidagi ustuvor o‘rni yoritilgan. Sun’iy intellekt dori moddalari dizayni, molekulyar modellashtirish, biokimyoviy jarayonlarni prognoz qilish va laborator diagnostikada yuqori aniqlikni ta’minlaydi. Jumladan, DeepMind tomonidan yaratilgan AlphaFold tizimi oqsil tuzilishini aniqlashda muhim ilmiy yutuq bo‘ldi. Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi adaptiv ta’lim, virtual laboratoriyalar va klinik holatlarni modellashtirish usullari talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda klinik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot ishida sun’iy intellektning tibbiy kimyoda ilmiy tadqiqotlarni jadallashtiruvchi va ta’lim jarayonini modernizatsiya qiluvchi innovatsion texnologiya sifatidagi o‘rni asoslab berilgan

Downloads

Published

2026-02-23