IS GAZIDAN ZAHARLANISH VA UNING OLDINI OLISH CHORALARI
Ключевые слова:
is gazi, uglerod oksidi, karboksigemoglobin, gipoksiya, zaharlanish, profilaktikaАннотация
Mazkur tezisda is gazi — ya’ni Carbon monoxide (CO) bilan zaharlanishning kelib chiqish sabablari, patogenez mexanizmi, klinik kechishi, diagnostika va profilaktik choralari yoritilgan. Is gazi rangsiz, hidsiz va ta’msiz bo‘lib, yuqori toksik xususiyatga ega. U gemoglobin bilan mustahkam bog‘lanib, to‘qimalarda og‘ir gipoksiyani keltirib chiqaradi. Maishiy sharoitda isitish moslamalarining nosozligi, yopiq joylarda yonilg‘ining to‘liq yonmasligi va ventilyatsiya tizimining yetarli emasligi zaharlanishning asosiy sabablari hisoblanadi
Загрузки
Опубликован
2026-02-27