RAQAMLI MARKETINGNING BREND KAPITALI VA KORPORATIV QIYMATGA QO‘SHGAN HISSASI

Authors

  • Go‘zal Azimova Author

Keywords:

Brend kapitali, raqamli marketing, korporativ qiymat, nomoddiy aktivlar, Interbrand modeli, Royalty Relief

Abstract

Ushbu tezisda raqamli marketing impulsining brend kapitali va korporativ qiymatga ko‘rsatadigan ta’siri nazariy va amaliy yondashuvlar asosida tahlil qilindi. Brend aktivlarining iqtisodiy mazmuni, ularning korporativ kapitalizatsiyadagi o‘rni, brend qiymatini baholashning xalqaro metodlari hamda raqamli marketing strategiyalarining brend kuchi va moliyaviy barqarorlikka ta’siri o‘rganildi. MFaktor (MLP) platformasi misolida raqamli kontent samaradorligi, auditoriya ishtiroki, konversiya va brend faolligining korporativ qiymatning o‘sishiga ta’sir etuvchi real ko‘rsatkichlari umumlashtirildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, brend aktivlari – korxonaning asosiy nomoddiy kapitali bo‘lib, raqamli marketing bilan integratsiyalashgan boshqaruv strategiyasi korporativ qiymatni oshirishning barqaror mexanizmi sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, kompaniyalarga raqamli marketing diagnostikasini yo‘lga qo‘yish va brend qiymatini baholashning zamonaviy metodlarini joriy etish bozor qiymatini shakllantirishda strategik ahamiyat kasb etishi taklif etildi

Downloads

Published

2026-02-25