ABU NASR FOROBIYNING “FOZIL ODAMLAR SHAHRI” ASARIDAGI IDEAL JAMIYAT VA UNING BUGUNGI ZAMONAVIY DAVLAT BOSHQARUVIDAGI AHAMIYATI

Mualliflar

  • Begzod Hamidov ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Abu Nasr Forobiy##common.commaListSeparator## Fozil odamlar shahri##common.commaListSeparator## fozil jamiyat##common.commaListSeparator## davlat boshqaruvi##common.commaListSeparator## adolat

Abstrak

Mazkur maqolada buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida ilgari surilgan ideal jamiyat haqidagi qarashlar tahlil qilinadi. Asarda jamiyatning mukammal bo‘lishi, avvalo, ma’naviy yetuk, adolatli va bilimdon rahbar shaxsiga bog‘liqligi asoslab berilgan. Forobiy fozil jamiyatni insonlarning o‘zaro hamjihatligi, adolat, axloqiy poklik va ilm-fan ustuvorligi bilan tavsiflaydi. Tadqiqot davomida ushbu g‘oyalarning bugungi zamonaviy davlat boshqaruvi tizimidagi ahamiyati ochib beriladi. Xususan, qonun ustuvorligi, ijtimoiy adolat, mas’uliyatli rahbarlik va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kabi tamoyillar Forobiy qarashlari bilan uyg‘unligi ko‘rsatib o‘tiladi. Maqola natijalari Forobiy merosining zamonaviy boshqaruv modelini takomillashtirishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanini asoslaydi. Shuningdek, Forobiy fozil bo‘lmagan jamiyat turlarini ham tasniflaydi: johil, fosiq va adashgan shaharlar. Bunday jamiyatlarda adolat yo‘qoladi, manfaatparastlik kuchayadi va natijada ijtimoiy inqiroz yuzaga keladi. Bu g‘oyalar hozirgi davrda korrupsiya, boshqaruvdagi samarasizlik va ijtimoiy tengsizlik kabi muammolarni anglashda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi globallashuv sharoitida Forobiy ilgari surgan adolat, bilim va ma’naviyatga asoslangan boshqaruv tamoyillari demokratik davlat, fuqarolik jamiyati va barqaror rivojlanish konsepsiyalariga uyg‘un keladi. Shu bois Forobiy merosi zamonaviy davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishda muhim falsafiy manba hisoblanadi

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-01-25