BOLA NUTQI SHAKLLANISHIDA PSIXOLINGVISTIK BOSQICHLARNING AHAMIYATI
##semicolon##
bola nutqi##common.commaListSeparator## psixolingvistika##common.commaListSeparator## nutq rivojlanishi##common.commaListSeparator## til##common.commaListSeparator## tafakkur##common.commaListSeparator## idrok##common.commaListSeparator## xotira##common.commaListSeparator## muloqot##common.commaListSeparator## nutqiy faoliyatAbstrak
Mazkur tezisda bola nutqining shakllanish jarayoni psixolingvistik nuqtayi nazardan yoritiladi. Bolaning nutqni egallashi faqatgina tovush va so‘zlarni o‘zlashtirish jarayoni emas, balki idrok, xotira, tafakkur, diqqat, taqlid, muloqot ehtiyoji hamda ijtimoiy muhit bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan murakkab psixologik va lingvistik jarayon sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda bola nutqi rivojlanishining asosiy bosqichlari — nutqqacha bo‘lgan davr, dastlabki tovushlar va bo‘g‘inlar, birinchi so‘zlar, ikki so‘zli nutq, grammatik shakllarning rivojlanishi hamda bog‘lanishli nutqning shakllanishi haqida fikr yuritiladi. Har bir bosqichda bolaning psixik jarayonlari va til birliklarini o‘zlashtirishi o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, kattalar bilan faol muloqotning bola nutqini rivojlantirishdagi o‘rni ochib beriladi