TURKISTON MODELINING O‘ZIGA XOSLIGI: QIYOSIY NUQTAI NAZAR
##semicolon##
Turkiston##common.commaListSeparator## mustamlakachilik##common.commaListSeparator## Rossiya imperiyasi##common.commaListSeparator## Turkiston modeli##common.commaListSeparator## qiyosiy tahlil##common.commaListSeparator## ruslashtirish##common.commaListSeparator## ma’muriy boshqaruvAbstrak
Mazkur maqolada XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Turkiston hududida shakllangan mustamlakachilik boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy siyosat hamda ta’lim-madaniyat tizimining o‘ziga xos xususiyatlari qiyosiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida o‘lkada siyosiy boshqaruv, iqtisodiyot, ta’lim va madaniyat sohalarida tub o‘zgarishlar yuz berdi. Maqolada Turkiston modeli Britaniya Hindistoni va Fransuz Shimoliy Afrikasi kabi boshqa mustamlaka hududlari tajribasi bilan qiyoslanib, uning umumiy va farqli jihatlari ochib beriladi. Xususan, Rossiya imperiyasining Turkistondagi bevosita ma’muriy boshqaruvi, yer-suv siyosati, ruslashtirish jarayoni, ko‘chirish siyosati, ta’lim tizimiga aralashuvi hamda mahalliy an’anaviy institutlarning cheklanishi masalalariga e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijasida Turkiston modelining asosiy o‘ziga xosligi uning harbiy-ma’muriy boshqaruv, iqtisodiy manfaat va madaniy-siyosiy integratsiya jarayonlarining bir-biri bilan chambarchas bog‘langan holda amalga oshirilganida namoyon bo‘lishi asoslanadi