YOSHLAR MUHITIDAGI TRANSFORMATSIYALASHUV XUSUSIYATIGA EGA GURUHIY JINOYATLARGA QARSHI KURASHISHNING INSTITUTSIONAL ASOSLARINI MUSTAHKAMLASH MASALALARI
##semicolon##
yoshlar muhiti##common.commaListSeparator## transformatsiyalashuv##common.commaListSeparator## guruhiy jinoyatlar##common.commaListSeparator## uyushgan jinoyatchilik##common.commaListSeparator## institutsional asoslar##common.commaListSeparator## raqamli hamkorlikAbstrak
Mazkur maqolada globallashuv va axborot texnologiyalari rivojlangan sharoitda yoshlar muhitida sodir etilayotgan transformatsiyalashuv xususiyatiga ega guruhiy jinoyatlar, ularning yangi shakllari (kiberfiribgarlik, giyohvand moddalarning onlayn savdosi va virtual jinoiy uyushmalar) tahlil qilingan. Uyushgan jinoyatchilikni fosh etish va unga qarshi kurashishda tezkor-qidiruv faoliyati sub’ektlari, ichki ishlar organlari va jazoni ijro etish muassasalari o‘rtasidagi xizmatlararo hamkorlikni raqamli platformalar asosida integratsiya qilish hamda uning institutsional asoslarini mustahkamlash masalalari asoslab berilgan. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida kriminal submadaniyat tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga jinoiy submadaniyatni targ‘ib qilganlik uchun javobgarlikni belgilovchi yangi normani kiritish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan