UYUSHGAN JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH BO‘LINMALARI FAOLIYATINI IDORAVIY NAZORAT QILISHDA KOMPLAENS-NAZORAT TIZIMINI JORIY ETISH MASALALARI
##semicolon##
uyushgan jinoyatchilik##common.commaListSeparator## ichki ishlar organlari##common.commaListSeparator## tezkor bo‘linmalar##common.commaListSeparator## idoraviy nazorat##common.commaListSeparator## komplaens-nazorat##common.commaListSeparator## komplaens-audit##common.commaListSeparator## proaktiv nazorat##common.commaListSeparator## transmilliy jinoyatchilikAbstrak
Maqolada ichki ishlar organlari tezkor bo‘linmalarining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini idoraviy nazorat qilish va muvofiqlashtirish mexanizmlarini zamonaviylashtirish masalalari tahlil qilingan. Muallif tomonidan uyushgan va transmilliy jinoyatchilikning kuchayishi sharoitida eskirgan byurokratik qoliplardan voz kechish, tizimga “komplaens-nazorat”, “komplaens-audit” kabi xatarlarni barvaqt aniqlovchi proaktiv boshqaruv vositalarini joriy etish zarurati asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish, prokuratura organlari va kriminolog-olimlar ishtirokida idoralararo doimiy ishchi guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, milliy qonunchilikka eksterritorial yurisdiksiya va jamoatchilik nazorati normalarini singdirish orqali uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishning yaxlit va shaffof strategik tizimini shakllantirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ilgari surilgan