TURIZMNING MILLIY IQTISODIYOTDAGI O‘RNI VA IQTISODIY RIVOJLANISHGA TA'SIRI

Mualliflar

  • Ulug‘bek Sharabov ##default.groups.name.author##

##semicolon##

turizm iqtisodiyoti##common.commaListSeparator## iqtisodiy rivojlanish##common.commaListSeparator## YAIM##common.commaListSeparator## bandlik##common.commaListSeparator## turizm eksporti##common.commaListSeparator## multiplikator effect

Abstrak

Ushbu ilmiy maqolada turizmning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni va iqtisodiy rivojlanishga ko‘rsatadigan ta'siri nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada turizmning yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmini oshirish, bandlikni ta'minlash, eksport daromadlarini ko‘paytirish va investitsion faollikni rag‘batlantirishdagi rolini yorituvchi ilmiy qarashlar, jumladan, “turizm yetakchiligidagi o‘sish” (TLG) gipotezasi va multiplikator effekt nazariyasi ko‘rib chiqiladi. Jahon tajribasi (Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Gruziya) va O‘zbekiston misolida turizmning iqtisodiy samaradorligi baholanadi. O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan turizm strategiyasi doirasida sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, erishilgan natijalar va kelgusidagi vazifalar yoritilgan

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-08-10