QO‘LYOZMA MANBALARNI O‘RGANISHDA MANBASHUNOSLIK VA MATNSHUNOSLIK TAMOYILLARI: PORSO SHAMSIYEV MISOLIDA

Mualliflar

  • Alisher Abdullayev ##default.groups.name.author##
  • Fayzulla Sotvoldiyev ##default.groups.name.author##

##semicolon##

manbashunoslik##common.commaListSeparator## matnshunoslik##common.commaListSeparator## qoʻlyozma##common.commaListSeparator## nusxa##common.commaListSeparator## tahqiq##common.commaListSeparator## tashih##common.commaListSeparator## muqobala

Abstrak

Mazkur maqolada qoʻlyozma merosni ilmiy oʻrganishda manbashunoslik va matnshunoslik fanlarining oʻzaro aloqasi, farqli vazifalari hamda uslubiy tamoyillari tahlil qilinadi. Tadqiqotda manbashunoslik yozma manbaning kelib chiqishi, muallifga nisbati, nusxalari, tarixiy-hujjatlik qiymati va ilmiy muomaladagi oʻrnini aniqlovchi soha sifatida, matnshunoslik esa mavjud nusxalar asosida muallifga yaqin, ishonchli va ilmiy asoslangan matnni tiklovchi mustaqil ilmiy yoʻnalish sifatida talqin etiladi. Maqolada har bir matn turining oʻziga xos tahqiq mezonlari mavjudligi asoslanadi: adabiy matnda vazn, qofiya, uslub va badiiy tizim; fiqhiy matnda istiloh, hukm va tarjih iboralari; hadis sharhi matnida sanad, roviy nomlari va rivoyat yoʻllari; kalom matnida aqidaviy istiloh va mantiqiy izchillik alohida metodologik ahamiyatga ega ekani koʻrsatib beriladi. Porso Shamsiyev tajribasi esa oʻzbek adabiy matnshunosligida manbashunoslikdan matnshunoslikka oʻtish jarayonining amaliy namunasi sifatida tahlil qilinadi

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-05-23