BADIIY ALLEGORIYA VA TOTALITAR TAFAKKUR MEXANIZMI

Mualliflar

  • Kumushoy Maxmudova ##default.groups.name.author##

##semicolon##

totalitarizm##common.commaListSeparator## diskurs##common.commaListSeparator## hokimiyat##common.commaListSeparator## mafkura##common.commaListSeparator## allegoriya##common.commaListSeparator## Oruell##common.commaListSeparator## Arendt##common.commaListSeparator## Fuko

Annotatsiya

Mazkur maqolada Jorj Oruellning “Molxona” asari totalitar tafakkur va hokimiyat mexanizmlarining badiiy modeli sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotning nazariy asosini Xanna Arendtning totalitarizm konsepsiyasi hamda Mishel Fukoning hokimiyat, intizom va “haqiqat rejimlari” haqidagi qarashlari tashkil etadi. Asarda til transformatsiyasi, tarixni qayta yozish, mafkuraning ichkilashtirilishi va siyosiy ongning deformatsiyasi jarayonlari izchil o‘rganiladi. Tahlil natijasida aniqlanishicha, totalitar hokimiyat zo‘ravonlikdan ko‘ra ko‘proq diskursiv nazorat va semantik manipulyatsiya orqali barqarorlashadi. “Molxona” shu jihatdan zamonaviy siyosiy jarayonlarni tushunishda ham dolzarb badiiy namuna sifatida namoyon bo‘ladi

##submission.downloads##

##submissions.published##

2026-03-10