TELEGRAM MESSENJERIDAGI O‘ZBEK MULOQOT NUTQINING LEKSIK VA STILISTIK XUSUSIYATLARI
##semicolon##
Telegram##common.commaListSeparator## o‘zbek muloqot nutqi##common.commaListSeparator## leksik xususiyatlar##common.commaListSeparator## stilistik xususiyatlar##common.commaListSeparator## raqamli muloqotAnnotatsiya
Mazkur tadqiqot Telegram messenjeridagi o‘zbek muloqot nutqining leksik va stilistik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Muammoning dolzarbligi raqamli muloqotning kundalik hayotda tobora kengayib borishi, shu bilan birga uning til me’yorlariga ta’siri yetarli darajada tadqiq etilmaganligi bilan belgilanadi. Ishning maqsadi Telegram platformasidagi o‘zbek tilidagi yozishmalarning leksik tarkibi va uslubiy o‘ziga xosligini aniqlash, ularning og‘zaki va yozma nutq me’yorlari hamda ijtimoiy omillar ta’sirida shakllanish qonuniyatlarini ochib berishdan iborat. Tadqiqotda tavsifiy, qiyosiy-stilistik va sotsiolingvistik tahlil usullari qo‘llanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Telegram muloqotida so‘zlashuv leksikasi, qisqartmalar, emotsional-ekspressiv birliklar va grafik belgilar faol qo‘llanilib, ular yozma nutq me’yorlarining o‘zgarishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, rasmiy va norasmiy muloqot uslublari o‘rtasida aralashuv holatlari kuzatiladi. Tadqiqot natijalari raqamli lingvistika, sotsiolingvistika va nutq madaniyati sohalari uchun nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega