TURKIZMLARNING INGLIZ TILIGA KIRIB KELISHI: SKEAT LUG‘ATI TAHLILI ASOSIDA
##semicolon##
Lug‘atchilik (leksikografiya)##common.commaListSeparator## loanwords (o‘zlashgan so‘zlar)##common.commaListSeparator## turkizmlarAnnotatsiya
Lug‘atchilik (leksikografiya) — bu til birliklarini tizimli tartibga solish, ularning shakl, ma’no, kelib chiqish, qo‘llanilish doirasini aniqlash va belgilash bilan shug‘ullanuvchi mustaqil tilshunoslik sohasi hisoblanadi. Lug‘atchilik nafaqat zamonaviy lug‘aviy birliklarni, balki tarixiy o‘zgarishlarni, ya’ni etimologik qatlamlarni ham o‘rganadi. Ayniqsa, loanwords (o‘zlashgan so‘zlar) fenomeni orqali bir tilning boshqa tillar bilan qanday madaniy va sivilizatsion aloqada bo‘lganini tahlil qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu jarayonda turk tillaridan ingliz tiliga kirib kelgan so‘zlar — turkizmlar — alohida e’tiborga loyiq. Ularning ingliz tilidagi mavjudligi o‘z-o‘zidan qiziqarli tilshunoslik hodisasi bo‘lib, ko‘pincha arabcha, forscha, ruscha, hindcha va fransuzcha vositali tillar orqali o‘zlashtirilgan. Bunday ko‘p zanjirli etimologik yo‘llar turkizmlarning fonetik, morfologik va semantik jihatdan o‘zgarishlariga olib kelgan. Quyidagi maqolada Walter William Skeat tomonidan tuzilgan "A Concise Etymological Dictionary of the English Language" (1882–1911) lug‘ati bu borada muhim tarixiy manba ekanligi va ushbu lug‘atda ko‘plab so‘zlarning etimologiyasi orqali ingliz tili lug‘aviy boyliklarining qanchalik ko‘p tillar bilan kesishgani aniqlanadi. Mazkur asarda kamida 35–40 atrofida turkizmlar qayd etilgan bo‘lib, ular asosan harbiy (e.g. janissary), madaniy (e.g. divan), gastronomik (e.g. yogurt, pilaf) va boshqa semantik sohalarga tegishli turkizmlar tahlilili keltirilgan