CHET TILLARINI QISQA MUDDATDA SAMARALI O‘RGANISHNING KOGNITIV VA PEDAGOGIK ASOSLARI

Авторы

  • Husniyabonu Sobirova Автор

Ключевые слова:

chet tillarini o‘rganish, til o‘qitish metodlari, mnemonika, kommunikativ yondashuv, til kompetensiyasi, kognitiv strategiyalar

Аннотация

Ushbu maqolada chet tillarini tez va samarali o‘rganish jarayonining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy globallashuv sharoitida bir yoki bir nechta chet tillarini bilish shaxsning professional rivojlanishi hamda xalqaro kommunikatsiyada faol ishtirok etishi uchun muhim omillardan biri hisoblanadi. Tadqiqotda til o‘rganish jarayonida qo‘llaniladigan kognitiv strategiyalar, kommunikativ metodlar, mnemonika usullari hamda zamonaviy raqamli texnologiyalarning o‘rni yoritiladi. Shuningdek, til o‘rganish samaradorligiga ta’sir qiluvchi asosiy psixologik omillar — motivatsiya, muntazam mashq qilish, real kommunikativ muhit yaratish va mustaqil o‘rganish ko‘nikmalari ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, turli pedagogik metodlarni uyg‘un holda qo‘llash til o‘rganish jarayonining samaradorligini oshiradi hamda qisqa vaqt ichida til kompetensiyasini rivojlantirishga imkon yaratadi

Опубликован

2026-03-10