TALABALARDA KITOB MUTOLAASI MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI

Авторы

  • Muattar Umrzakova Автор
  • Mo‘minaxon Qodirova Автор

Ключевые слова:

oliy ta’lim, kitob mutolaasi madaniyati, intellektual salohiyat, ma’naviy barkamollik, mustaqil ta’lim

Аннотация

Ushbu maqolada oliy ta’lim jarayonida talabalarning shaxs sifatida shakllanishi va professional kamoloti yo‘lida kitob mutolaasi madaniyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlari tadqiq etilgan. Bugungi kunda yoshlar orasida kitobga bo‘lgan qiziqishning pasayishiga sabab bo‘layotgan omillar, xususan, zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’siri va tizimli yondashuvining yetishmasligi tahlil qilingan. Maqolada mutolaaning talaba nutq madaniyati, mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyati hamda akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri asoslab berilgan. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida mutolaa muhitini yaratishda pedagogik mahorat va o‘qituvchining shaxsiy namunasi, elektron kitoblardan samarali foydalanish hamda davlat tomonidan qabul qilingan qarorlarning amaliy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot yakunida kitobxonlikni majburiyatdan shaxsiy ehtiyojga aylantirish bo‘yicha ilmiy-nazariy xulosalar bayon etilgan

Опубликован

2026-02-04