POLSHA DAVLATINING MAKROIQTISODIY KO'RSATKICHLARINING CHIZIQLI KORRELYATSION-REGRESSION TAHLILI

Авторы

  • Sayfiddin Toshmirzayev Автор
  • Farkhod Ulugmurdov Автор

Ключевые слова:

Polsha iqtisodiyoti, yalpi ichki mahsulot, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, korrelyatsion tahlil

Аннотация

Mazkur tadqiqot ishida Polsha davlatining 2014–2023 yillardagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari asosida yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning shakllanishi va o‘sishiga ta’sir etuvchi omillar chiziqli ko‘p omilli korrelyatsion-regression tahlil yordamida chuqur o‘rganilgan. Tadqiqotda aholi soni, xizmatlar sohasi, sanoat, qishloq xo‘jaligi, eksport, import va turizm kabi omillarning YaIM bilan o‘zaro bog‘liqligi statistik jihatdan baholangan. Korrelyatsiya matritsasi orqali omillar o‘rtasidagi bog‘lanish darajasi aniqlanib, multikollinearlik muammosi tahlil qilingan. Regressiya modeli asosida omillarning iqtisodiy o‘sishga ta’sir kuchi va ahamiyatliligi Fisher va St’yudent mezonlari yordamida tekshirilgan. Tadqiqot natijalari Polsha iqtisodiyotida xizmatlar sohasi, sanoat va turizm sektorlarining YaIM o‘sishidagi ustuvor rolini ilmiy jihatdan asoslab beradi

Опубликован

2026-01-14