O‘TKIR APPENDITSITNI ZAMONAVIY DIAGNOSTIKA VA JARROHLIK USULLARI

Authors

  • Dinara Allayarova Author

Keywords:

O‘tkir appenditsit, appendiks, appendektomiya, laparoskopiya, qorin bo‘shlig‘i jarrohligi, diagnostika usullari

Abstract

O‘tkir appenditsit qorin bo‘shlig‘i a’zolari orasida eng ko‘p uchraydigan o‘tkir jarrohlik kasalliklaridan biri hisoblanadi. Ushbu kasallik tez rivojlanishi va asoratlar keltirib chiqarishi mumkinligi sababli uni o‘z vaqtida aniqlash va samarali davolash muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqolada o‘tkir appenditsitning etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari hamda zamonaviy diagnostika usullari haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, kasallikni jarrohlik yo‘li bilan davolashning asosiy usullari, jumladan an’anaviy va laparoskopik appendektomiya haqida tahliliy ma’lumotlar keltirilgan. Zamonaviy diagnostika texnologiyalari yordamida kasallikni erta aniqlash hamda to‘g‘ri jarrohlik taktikasini tanlash bemorlarning tezroq sog‘ayishiga va asoratlar xavfini kamaytirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari o‘tkir appenditsitni davolashda kompleks yondashuv muhimligini ko‘rsatadi

Downloads

Published

2026-03-26