MAQSUD SHAYXZODA IJODIDA SHARQ VA GARB ADABIY ANANALARI UYGUNLIGI

Authors

  • Hasanboy Baxtiyorov Author

Keywords:

Sharq adabiyoti, G‘arb adabiyoti, adabiy an’ana, badiiy sintez, mumtoz meros, dramatizm, psixologizm, milliylik va umuminsoniylik

Abstract

Mazkur maqolada Maqsud Shayxzoda ijodida Sharq va G‘arb adabiy an’analarining uyg‘unlashuvi masalasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shoirning she’riyati, dramaturgiyasi, tarjimonlik va adabiy-tanqidiy faoliyati misolida Sharq mumtoz adabiyotiga xos tasavvufiy-falsafiy tafakkur, ramziylik va ma’naviy komillik g‘oyalari hamda G‘arb adabiyotiga xos dramatizm, psixologizm va realizm unsurlarining sintezi ochib beriladi. Tadqiqot davomida Shayxzodaning milliy adabiyot doirasidan chiqib, jahon adabiy jarayoni bilan uzviy aloqada bo‘lgan ijodkor sifatidagi qiyofasi yoritiladi. Natijada uning ijodida Sharq va G‘arb an’analari qarama-qarshi emas, balki o‘zaro boyituvchi estetik tizim sifatida namoyon bo‘lishi asoslanadi

Downloads

Published

2026-03-03