YURAKNING O‘TKAZUVCHI TIZIMI VA UNING KLINIK AHAMIYATI

Authors

  • Azimjon Abdixalimov Author

Keywords:

yurak, o‘tkazuvchi tizim, avtomatizm, aritmiya, blokada, klinik ahamiyat

Abstract

Mazkur maqolada yurakning o‘tkazuvchi tizimi tuzilishi, uning asosiy komponentlari — sinoatriyal tugun, atrioventrikulyar tugun, Gis tutami va Purkinye tolalari — hamda ularning fiziologik vazifalari yoritilgan. Yurak avtomatizmi va impulslarning miokard bo‘ylab tarqalish mexanizmi ilmiy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, o‘tkazuvchanlik buzilishlari, aritmiyalar va blokadalar kabi patologik holatlarning kelib chiqish sabablari hamda ularning klinik ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Yurakning o‘tkazuvchi tizimini chuqur o‘rganish yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash va samarali davolashda muhim ahamiyat kasb etadi

Downloads

Published

2026-03-02