LAVANDA - Lavandula officinalis L. O’SIMLIGINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI
Keywords:
Lavandula officinalis L, kimyoviy tarkib, biologik faol modda, vitaminlar, flavonoidAbstract
Mazkur maqolada lavanda o’simligining kimyoviy tarkibi va uning dorivorlik xususiyatlari biologik hamda tibbiy nuqtayi nazardan keng qamrovda tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, lavanda o’simligi tarkibida efir moylari bor. Flavonoidlardan apiginen, lutiolin va kvertsitin moddalari, fenol birikmalar, kumarinlar va taninlar mavjud. Ushbu biologik faol moddalarning majmuasi o’simlikning organizmga ko‘rsatadigan ijobiy ta’sirini belgilab beradi. Xususan, Lavanda yog'i tinchlantiruvchi hidga ega bo'lib, stress va tashvish muammoli holatlarda ishlatilishi mumkin. U bosh og'rig'i, asabiy taranglik va migren uchun ishlatilishi mumkin
Downloads
Published
2026-02-06
Issue
Section
Articles